Tashkiliy qo‘mita XIV festival ko‘ngillilari saralovini boshladi. Ko‘ngillilar delegatsiyalarni kuzatib boradi, maydonlarda, matbuot markazida va shahar dasturida ishlaydi.
Chet tillarini biladigan va madaniy tadbirlarda ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi; majburiy shart — tayyorgarlik o‘quvida qatnashish.
Ko‘ngillilarga forma, smena kunlarida ovqatlanish va ishtirok sertifikati taqdim etiladi.