Barcha yangiliklarga

Festivalning yangi konsepsiyasi tasdiqlandi

Festivalning yangi konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining yangi tashkilotchisi belgilandi va XIV songa tayyorgarlik chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Festival tashkil etilishini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Madaniy loyihalar milliy operatori olib boradi. Hujjatda yangilangan konsepsiya, yangi tanlov nizomi va xalqaro hakamlar hayʼati mustahkamlangan.

Festival ikki yillik davriylikni va tarixiy bosh maydon — Registonni saqlab qoladi. Tanlov dasturi gala-konsertlar, ilmiy-amaliy konferensiya hamda ko‘cha sahnalari va hunarmandchilik rastalaridan iborat shahar dasturi bilan to‘ldiriladi.

XIV festivalning aniq sanalari dastur tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangach eʼlon qilinadi.