Barcha yangiliklarga

Gala-konsertlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilinadi

Gala-konsertlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilinadi

Registondagi kechki gala-konsertlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilinadi. Translyatsiyani Milliy teleradiokompaniya festival tashkiliy qo‘mitasi bilan birgalikda taʼminlaydi.

Televizion efirdan tashqari festivalning rasmiy kanallarida uch tilda sharh bilan onlayn translyatsiya ko‘zda tutilgan.

Konsert yozuvlari dastur yakunlangach festival arxivini to‘ldiradi.